Foto va Video

Al Beruniy – ideal inson

12047


"Agar Yer dumaloq bo‘lmaganida va aylanmaganida edi,

kun va tun bir xil uzunlikda bo‘lardi»

(Al Beruniy)

Ilm-fan Yerning shakli va uning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi rad etib bo‘lmaydigan haqiqatga qancha vaqt va azob bilan borganligini hamma biladi. Fernan Magellan, Jordano Bruno, Galileo Galiley: "... va shunga qaramay u aylanadi!" degan fikrlarini isbotlashga ancha harakat qilishdi. Kimlargadir ishonishmadi va qiynoqlarga solishdi, hatto kimdir dunyo bo‘ylab sayohatdan keyin ham shubhalar va tanqidlarga uchradi. Ammo dunyoning boshqa qismida, bundan 500 yil oldin O‘rta asrlardagi ensiklopedik olim Al Beruniy Yerning aylanishini va dumaloq shaklga ega ekanligini matematik isbotlab, Yerning radiusini hisoblashga muvaffaq bo‘ldi.

Uning to‘liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al Beruniy bo‘lib, ushbu buyuk olim, shoir va faylasuf o‘z davrining deyarli barcha ilmlarini puxta egallagan edi. Uning qiziqishlari astronomiya va geografiya, matematika va fizika, kimyo va botanika, geodeziya va farmakologiya, geologiya va mineralogiya, tarix va etnografiya, falsafa va filologiya kabi fanlarga borib taqalardi.. Bundan tashqari, Al Beruniy oltitadan ko‘p tilni, shu jumladan fors, xorazmiy, yahudiy, arab, yunon, suriya va sanskrit tillarini bilgan. U arab va fors tillarida ravon so‘zlasha olgan. Al Beruniy singari olimlarni Fridrix Nitsshe “ideal inson” deb atagan. Olimning taqdiri ko‘plab daholar singari juda qiziq va g‘ayrioddiy bo‘lgan.

Al Beruniy 973-yil 4-oktyabrda Xorazm poytaxti Kot shahrida tug‘ilgan. Al Beruniy o‘z tarjimayi holida ota-onasini eslolmagani va o‘zini yetim deb bilishini tan oladi. Al Beruniy hayotining dastlabki yillarini uni asrab olgan oilada o‘tkazgan bo‘lib, o‘shanda Beruniyga dars berishni o‘z zimmasiga olgan o‘sha davrning taniqli olimi Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq yosh iqtidor egasiga e’tiborni qaratgan. Aynan u bolada tabiiy fanlarga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otib, ulardan astronomiya va matematikani asosiy fanlar deb bildi.

Har tomonlama uy ta’limini olgan yosh olim mustaqil kuzatuvlar va hisob-kitoblarni olib bordi. Va 995-yildayoq u O‘rta Osiyoda o‘sha vaqtga qadar misli ko‘rilmagan aniqlik bilan aholi punktlarining geografik koordinatalarini bergan birinchi globusni yaratdi.

Beruniy bir muncha vaqt Kaspiy dengizining sharqiy sohilida joylashgan Gurgan shahrida yashadi. U yerda olim ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni topishga umid qilgandi. U yerda "Xronologiya yoki o‘tgan avlod yodgorliklari" asarini yozdi. Unda olim dunyoning turli xalqlari tomonidan ishlatilgan barcha taqvimlarni tasvirlab berdi. Gurganda "Sferika. Yoki sfera yuzasidada yuz berayotgan voqealar haqidagi astronomiya fani kalitlari" nomli ikkinchi kitobini yozdi.

"Har bir xalq biron-bir fan yoki amaliyot rivojida o‘zini namoyon qilgan".

1004-yilda Al Beruniy Xorazmga qaytib, yangi poytaxt Urganchda joylashdi. Al Beruniy ilmiy ishlarda faol ishtirok etdi, maxsus ilmiy akademiya yaratildi. Abu Ali ibn Sino va algebraning asoschisi Al Xorazmiy ham shu yerda ishlashgan. 1017-yilning oxirida Sulton Mahmud G‘aznaviy Xorazmni ishg‘ol etib, butun mamlakatni vayron qildi va olimni asirga oldi. Ko‘p o'tmay Mahmud G‘aznaviy Hindistonda yurishga qaror qildi va Al Beruniyni ziyoli odam sifatida o'zi bilan olib ketdi.

Hindistonda bo‘lganida Al Beruniy ilm-fan, shu jumladan mineralogiya bilan shug‘ullanishni davom ettirdi. Toshlardan u yer ostida qanday konlar borligini aniqlardi. Shafqatsiz  sultonning vafotidan keyin olim ilmiy ishlarni yanada samarali olib borishga muvaffaq bo‘ldi. O‘shanda u Yerning Quyosh atrofida harakatlanishi, yulduzlarning harakatchanligi va boshqa qit‘alarning mavjudligi haqida bir nechta farazlarni ilgari surdi.

Daho olim tomonidan 150dan ortiq asarlar yozilgan bo'lib, ulardan bizgacha 5tasi yetib kelgan xolos. Al Beruniy Oygacha bo‘lgan masofani 664ta Yer radiusi deb hisoblagan; 1029ta yulduzning katalogini tuzib, ularning o‘rnini u avvalgi arab zijlaridan qaytadan hisoblab chiqqan va bular ushbu mukammal inson erishgan yutuqlarning hali hammasi emas.

"Menga kumush kerak emas! Menda eng katta boylik - bilim bor. Va aslida, menga nega boylik kerak? Men allaqachon boyman.. Bilimlarga boyman!"

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring